"Napoli" Kolumbiya terma jamoasi himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

  • 08.07.2018 17:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning amaldagi vitse-chempioni hisoblangan “Napoli” Eyndxovenning PSV klubi himoyachisi Santyago Ariasga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra neapollik skautlar 26 yoshli futbolchining JCh-2018 davomida Kolumbiya terma jamoasi safida ko‘rsatgan o‘yinlarini kuzatib borishgan. Uning transferi esa taxminan 20 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Arias yakunlangan mavsum PSV safida jami 35ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!