"Napoli" Kulibalini 100 millionga ham sotmadi
"Napoli" klubi prezidenti Aurelio De Laurentis rahbariyat jamoa himoyachisi Kalidu Kulibali borasida kelgan 100 million evrolik taklifni rad etgani haqida aytib o‘tdi.
"APL klubi Kulibali uchun 100 mln evro taklif qilgani rost. Lekin biz uni sotmoqchi emasmiz va bu borada muzokaralar ham o‘tkazmaymiz. Kulibali ajoyib yigit va u bilan o‘rtamizda hech qanday muammo bo‘lmagan", - deydi Aurelio De Laurentis.
Ma’lumot uchun, Senegal terma jamoasi a’zosi neapolliklar safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar