"Napoli" "Real" ko‘zlagan futbolchini sotib olmoqchi
Italiyaning "Napoli" klubi "Valensiya" forvardi Rodrigoga qiziqish bildira boshladi.
Football Italia nashrining xabar berishicha neapolliklar 27 yoshli futbolchini mavsumlar oralig‘idayoq qo‘lga kiritishmoqchi. Aytish kerakki, uning “ko‘rshapalaklar” bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra tovon puli 120 mln evroni tashkil etadi. Biroq, “Napoli” ushbu narxni teng yarmigacha tushirmoqchi.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Rodrigoga Madridning “Real” klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aniqrog‘i, ushbu futbolchini “qirollik klubi”ning yangi ustozi Xulen Lopetegi shaxsan Madridda ko‘rishni istayotgan edi.
Fikrlar