
“Napoli” Rimda “Latsio”ni tor-mor keltirdi
Italiya chempionati 32-tur markaziy o‘yinida “Latsio” jamoasi o‘z maydonida “Napoli” futbolchilarini qabul qildi.
Qiziqarli kechgan o‘yinda neapolliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Lorenso Insine dubl qayd etgan bo‘lsa, Xose Kalexon bitta golga mualliflik qildi.
Latsio – Napoli 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 25 Kalexon, 0:2 – 51 Insine, 0:3 – 90 Insine.
Latsio – Strakosha, Bashtush (Xudt, 52), Uolles, Radu, Basta (Gabarron, 59), Parolo, Murdjia (Keyta, 52), Lukaku, Milinkovich-Savich, Felipe Anderson, Immobile.
Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, Strinich, Allan, Jorjino, Gamshik (Rog, 79), Kalexon (Zelinski, 74), Mertens (Milik, 83), Insine.
Ogohlantirishlar: Bashtush (20), Milinkovich-Savich (54), Allan (74), Zelinski (85), Xyusay (86), Gabarron (89).
Fikrlar