"Navbahor" - "Qo‘qon-1912". Jamoalar bugun qanday libosda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina Namangandagi “Markaziy” stadionda Pepsi superliga 15-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘yinidan oldingi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda har ikki jamoa vakillari, uchrashuv komissari L. Qo‘chqorov hamda nazoratchi N. Lutfullinlar ishtirok etishdi va o‘yin oldi jarayonlari hamda jamoalar bugun qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari borasida kelishib olishdi.

Unga ko‘ra, bugungi bahsda mezbonlar “Navbahor” jamoasi qizil rangli formalarda maydonga tushadi. Mehmonlar “Qo‘qon-1912” futbolchilari esa havorang formalarda maydonga tushadigan bo‘lishdi. Darvozabon esa qizil qora formada maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!