"Navbahor" Qrimdagi so‘nggi bahsda ham g‘alabaga erishdi

  • 31 yanvar, 2019, 18:46
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Qrimda o‘tkazayotgan Namanganning “Navbahor” klubi mazkur yig‘in doirasidagi so‘nggi nazorat bahsini bugun Evpatoriyaning “Evpatoriya” jamoasiga qarshi o‘tkazib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Golga uchrashuvning 80-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan  Bahodir Nasimov mualliflik qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ushbu o‘yinda “lochinlar”  tarkibida quyidagi futbolchilar maydonda harakat qilishdi: O‘tkir Yusupov, Obid Jo‘raboev, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Mirzohid G‘ofurov, Shahzod Shaymanov, Ivan Solovyov, Abdujamol Isroilov, Azizbek Turg‘unboev, Zafar To‘raev, Aleksandr Kasyan.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzohid Mamatxonov, Slavko Lukich, G‘iyos Komilov, Hojiakbar Yunusov, Shohruhmirzo Ahmadaliev, Bahodir Nasimov, Ulug‘bek Aknazarov.

Shu tariqa Andrey Kanchelskis shogirdlari Qrimdagi barcha o‘rtoqlik uchrashuvlarida zafar quchishdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha namanganliklar Qrimda “Tavriya” (Simferopol, 3:2) va “Sevastopol” (Sevastopol) klublarini mag‘lubiyatga uchratishgandi.

“Lochinlar”ning Qrimdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bugun o‘z yakuniga etdi. Namanganliklar ertaga yurtimizga qaytishadi. Shundan so‘ng, jamoa a’zolariga qisqa muddatli ta’til beriladi. Keyingi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini esa Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkaziladi. Turkiya yig‘inini

6-17 fevral kunlari o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
mmn
31/01/2019 19:07
Бу жамолар Украинани 1 ёки 2-лигасиники эмасми ишқилиб...