“Navbahor” etakchilari jamoani tark etishmaydi
Namanganning “Navbahor” klubi ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Navbahor” Qirg‘izistondagi futbolchisini otrga qaytardi
Dastlabki kungi mashg‘ulotlarda jamoa legionerlari Darko Stanoevich, Nemanya Yovanovichlar Vatanlari – Serbiyaga jo‘nab ketganliklari sababli qatnasha olishmagan edi. Shuningdek, Oybek Qilichev ham ayrim sabablarga ko‘ra yig‘inga qo‘shila olmagan edi.
Bugun har uch futbolchi ham Namanganga etib keldi. So‘nggi paytlarda Yovanovich va Qilichevlarni ikkinchi davrani boshqa jamoalarda o‘tkazishlari mumkin degan gap-so‘zlar paydo bo‘lgan edi.
Jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov bu kabi gap-so‘zlar mish-mishdan o‘zga narsa emasligini bildirib, har ikki futbolchini ham faoliyatlarini “Navbahor”da davom ettirishini ma’lum qildi.

Fikrlar