“Navbahor” o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytardi

  • 11.01.2018 13:42
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirayotgan "Navbahor" safiga bugun Ayubxon No‘’monov qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmatiga “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov ma’lum qildi.

Asli Namangan futboli tarbiyalanuvchisi sanalmish No‘’monov 2015-2017 yilgi mavsumlar davomida Bekobodning “Metallurg” klubida safida to‘p tepib, mutaxassis va murabbiylarning e’tirofiga sazovor bo‘la oldi. 1991 yilning 22 iyul sanasida tug‘ilgan yarim himoyachi “Navbahor” safida ham ishonchli o‘yin ko‘rsatishiga ishonch bildirilmoqda.

Bugun oldin xabar berib o‘tganimizdek, “Navbahor” Toshkent yig‘inidagi dastlabki nazorat uchrashuvini “Oq-tepa” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs soat 15.00da “Oq-tepa” o‘yingohida boshlanadi. Ertalabki mashg‘ulotlarda ishtirok etgan jamoa a’zolari ayni paytda nazorat o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!