“Neftchi” – “Nasaf”: O‘zaro kurashlarda kuchlar deyarli teng

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Nasaf” jamoasi Oliy Liga 24-tur uchrashuvini safarda Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Jamoalar oliy ligadagi  o‘zaro 42-uchrashuvda maydonga tushishadi.

Uchrashuv 13 oktyabr juma kuni “Istiqlol” stadionida soat 16:30 da boshlanadi. Qarshiliklar matbuot xizmati o‘yin oldidan prevyu taqdim qildi. 

O‘zPFL  24-tur

“Neftchi” (Farg‘ona)  - “Nasaf” (Qarshi)

13.10.2017. “Istiqlol” stadioni. 16:30da 

Bosh hakam: Aziz Asimov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Rishat Nu’monov (Toshkent), Server Eremeev (Toshkent)

Zaxira hakami: Anotoliy Rubakov (Toshkent)

Nazoratchi: Andrey Klepikov (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Aleksey Frolov.

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixidan

Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatda 41 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda "ajdarlar" 17 marta g‘alaba qozongan. 15 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo‘li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida - 55:49.

Esingizda bo‘lsa, “Nasaf” jamoasi o‘z tarixidagi ilk oliy liga uchrashuvini o‘z maydonida aynan “Neftchi” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlagan. Ushbu uchrashuv 1997 yilning mart oyida Qarshida bo‘lgan.

Ro‘ziqul Berdiev qo‘l ostidagi “ajdarlar” farg‘onaliklar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda mag‘lubiyatsiz seriyalarini davom ettirib kelishmoqda. Jamoamiz ustozi shu paytgacha shogirdlarini milliy chempionat uchrashuvlarida  “Neftchi”ga qarshi to‘qqiz marta maydonga olib tushgan. Shu uchrashuvlarning ettitasida jamoamizning qo‘li baland kelgan va ikki uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.

Farg‘onadagi o‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning Farg‘onadagi ilk uchrashuvi 1997 yil 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Shu paytgacha jamoalar 20 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Ularning 9 tasida “Neftchi” jamoasi g‘alabaga erishgan. 3 uchrashuvda “Nasaf” zafar quchgan. Qolgan 8 uchrashuvda durang natijalar qayd etilgan. Farg‘onadagi 20 uchrashuvda darvozalarga jami 46 ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik 29-17 “Neftchi” tomonida.

“Nasaf” Farg‘onadagi ilk g‘alabasini 2010 yili nishonlagan. Farg‘onadagi so‘nggi g‘alabasini esa, 2015 yili qo‘lga kiritgan.

Jamoalarning birinchi davradagi G‘uzorda bo‘lgan uchrashuvida “Nasaf” 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan. Uchrashuvdagi ikkala golni ham Bahrom Abdurahimov o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan edi.

“Neftchi” so‘nggi marta 2009 yili o‘z maydonida “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratgan. Farg‘onadagi o‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar 4:0, 4:1 ko‘rinishda. 1997 yilgi Farg‘onadagi o‘zaro ilk uchrashuvda yirik 3:3 hisobidagi durang ham qayd etilgan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

Mazkur jamoalarning turnir jadvalidagi holatiga e’tibor qaratsak, “Neftchi” jamoasi 23 uchrashuvdan so‘ng 17 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.

“Nasaf” o‘tgan 23 uchrashuvda 44 ochko jamg‘arib, 2-pog‘onani band etib turibdi. “Neftchi” o‘tgan tur uchrashuvida “Olmaliq”ni  mag‘lub etdi. “Nasaf” esa o‘z maydonida “Qizilqum” jamoasini taslim etgan.

“Neftchi” - “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 13 oktyabr juma kuni Farg‘ona shahridagi muhtasham “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashv soat 16:30da boshlanadi.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv esa 12 oktyabr payshanba kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadonida soat 15:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!