
Nega Zidan ketdi?
«Zidan nega ketmoqda? Javobi juda oddiy. Birinchidan, u ketishni hohladi. Ikkinchidan, Florentino Peres uni Madriddan ketishiga tayyorgarlik ko‘rardi. Peres doim o‘z hukmini o‘tkazishga harakat qilib kelgan. U o‘zini Figuni sotib olgan vaqtidagandan ham battarroq tutdi.
Luchano Modji Peresning qo‘pol muomalasi haqida Zidan kelishidan 11 oy oldin gapirib bergan. UEFA Superkubogi alohida obro‘siga ega bo‘lmagan, 2000-yilda hatto ana’naviy kechki ovqat o‘yindan ham katta ahamiyatga ega edi. O‘shanda Florentino Peres birinchi bor Zizu bilan uchrashgandi.
Flo o‘shanda “Real” prezidentiga aylangan va ispan ligasiga Figuni olib kelib katta shov-shuv ko‘targandi. Portugaliyalik futbolchi Peres saylovlarda va’da bergan ikki super transfernin biri edi. Ikkinchisi esa Zizu edi. Monakodagi kechki ovqatga Peres futbolchi bilan shaxsan gaplashib olish uchun o‘zi borgandi. Ammo stol atrofida u va frantsuzdan tashqari qirq kishi bor edi.
Tayyorgarliksiz uyushtirishga to‘g‘ri keldi. Peres salfetkani qo‘liga oldi va frantsuzchada ravon tarzda so‘radi:
- “Real” uchun o‘ynashni istaysanmi?
“Zidan uchun” – past ovozda dedi Peres yonidagi odamga. Qo‘lma-qo‘l tarzda salfetka Zidanga etib keldi. Frantsuz inglizchada javob qaytardi. “Ha (Yes)” – degan javobni o‘qidi “Real” prezidenti bir daqiqa o‘tar-o‘tmas.
Ammo muammo Zidanda emasdi. Peres kechki ovqat bo‘lishidan bir oy oldin “Yuve”ni sinab ko‘rgandi. Klub uning akasi Enrikoga qat’iy rad javobini berdi. Endi esa Zidanning roziligi bilan “tuz”ning o‘yinga kirish vaqti keldi. Ishga Alen Milyachcho qo‘shildi.
Turinda Zidanga nomutanosib munosabatja bo‘lishdi. Djanni Anellining suyuklisi – kelishgan, omadli Aleks Del Pero edi. 1996-yilda afsonaviy prezident hatto Zizu “Yuve” darajasida o‘ynay olishiga shubha bilan qaragandi. Zidanning olib kelgach, quyidagilarni aytgandi: “Biz Zidanni Jazoir va Marselda ko‘proq “Fiat” sotish uchun oldik.”
Agarda Anelli ishga kirishmaganida muzokaralarga qariyb bir yil ketishi aniq edi. Ammo Zidanning tarafdori bor edi. Luchano Modji frantsuzni faoliyatidagi eng yaxshi transfer – futbol tarixidagi eng yaxshi o‘nlikdan biri deb hisoblaydi. Bosh direktor frantsuz pleymeykerini maqtardi. Djanni Anelli eski hamkoriga ishonardi.
Shu sababli faqatgina Modji bilan kelishish kerak edi. Mana shu muammo edi.
Modjiga “Real”ning maqsadlari yoqmadi. Zidanni sotish “Yuve”ning rejalarida yo‘q edi. Ayyor Milyachcho esa boshqa tomondan yondashdi. Futbol agenti Zidanning xotini Verionika bilan ko‘p gaplashdi. Unga Madriddagi qulay hayot haqida, markazdan uzoq bo‘lmagan sokin tuman va bolalari uchun frantsuz litseyi haqida gapirib berdi. Evropaning quyoshli poytaxti Alp tog‘laridan ustun keldi.
Alen Madrid va Turin orasida yashadi. Ispaniyada Peres bilan muzokaralar kontseptsiyasini ishlab chiqdi, Italiyada esa “Yuve” rahbariyatiga o‘zi haqida eslatib turdi. Turinliklarning unga bo‘lgan munosabati sovuqqonlikdan ochiq-oydin salbiyga o‘zgardi. Agentni uning mijozi o‘sha erda bo‘lsa ham, doim bazaga kiritmasdi.
2001-yil bahrida Zidan yashirincha Lionga uchib keldi. O‘sha erda Milyachcho, Peres va Valdano yig‘ilgan edi. Bezor qiluvchi paparatstsilardan qo‘rqib, to‘rtovlon Sent-Ekzyuperi aeroportida qolishdi. Ular tarixiy xujjatlarga to‘la kichkina xonada yig‘ilishdi. Zizu pul haqida gapirmadi. Uini faqatgina “Real” qiziqtirardi.
“Yuventus” hech qachon boshqa klubga o‘tmoqchi bo‘lganlarni tutib turmaydi. “Yuve”cha uslub: “Keksa sinora”ga faqatgina kerak bo‘lganlar kerak. Zidanning istagi hal qiluvchi bo‘ldi. Qo‘shimchasiga Milyachcho Modjining advokati – Pako D’Onofrio bilan bog‘landi. Nufuzli advokat Luchanoga ta’sir o‘tqazdi. “Yuve” bosh direktori muzokaralarga rozi bo‘ldi. Endi ish faqatgina pulda qolgandi. Muammo pul bo‘lgan joy Peres uchun muammo emas.
“Klublar futbolchilarni maydonda qiladigan ishiga qarab sotib olishadi. Yirik marketing rejalari hatto amerika futbolidagi aktsionerlarni ham ko‘nglini qoldirdi. Agarda janob Peres marketing orqali foyda ko‘ra olsa, bu katta siljish bo‘ladi. U futbolni moliyalash tarixini qayta yozgan bo‘ladi” – degandi 2001-yilda London Universiteti professori Shon Xemil.
Janob Peres esa haqiqatdan yo‘lini topdi. Prezident futbolda yangi davrni boshlab berdi. Marketingni klub egalaridan ham muhimroqqa aylantirdi. Sirli investor Zizuni Madridga olib ketish uchun 1,5 million evro to‘ladi. Ammo bu arzimas narsa.
“Real” marketing xizmati oldindan yangi brend-futbolchi bo‘yicha keng reklama kampaniyasi o‘ylab qo‘ygan edi. Beshta qit’adagi 100 ta magazindaZidan nomi bilan bog‘liq 250 yangi litsenzion mahsulotlari paydo bo‘ldi. Faqatgina 500 minglik 5-raqamli futbolkalarning o‘zi klubga 18-20 million evro keltirishi kerak edi. Timsol huquqining raqamlari ikki baravargacha oshirildi.
Shuning uchun Luganodagi hal qiluvchi uchrashuvga Peres hotirjam yo‘l oldi. Agarda muammo pulda bo‘lsa, demak muammo yo‘q. “Yuve” 120 million so‘radi, “Real” 60 deb turib oldi. “Yuve” Makaleleni so‘radi, “Real” esa Konseysaoni taklif qildi. Natijada ikkala tomon 73.5 million evroga kelishdi. Hozirgi kunda bu 315 millionga to‘g‘rik kelarkan. (Interwetten ning qayta hisobi bo‘yicha)
4-iyulda Turin yaqinida Peres va Modji so‘nggi detallarni hal qilishdi. Ertasiga ertalab butun Evropa bu haqida bilib oldi.
Turin Zidanni Anellining so‘zlari bilan kuzatdi. “Biz uni sog‘inamiz. Ammo Zidan foydadan ko‘ra yorqinroq edi.” Modji xayrlashuv marosimida Peresga:
- Biz Zizuni 60 millionga sotishgayam rozi edik.
- Men esa uni 100 ga olishga ham rozi edim – dedi Peres.
Zidan Taitidagi ta’tilini to‘xtatdi va 8-iyul kuni shaxsiy samolyotida Madridga etib keldi. Ertasi kuni dunyoga yangi galaktiko namoyish qilindi.
“Yuve” 2001-yil kuzini barbod qildi, Rai Sport esa: “Futbolchilar to‘pni qabul qilishadi va o‘ylashadi: Uni nima qilish kerak, Zidan qani?” deya yozdi. O‘sha mavsumda “Real” Chempionlar Ligasi, Superkubok va Qit’alararo kubokni o‘ziniki qilib oldi.’
Sakkiz yil o‘tib, Peres “Zidan 73 million turardi va u faoliyatimdagi eng arzon transferga aylandi” dedi.
Yana sakkiz yil o‘tib, Zizu-murabbiy “Real”ni Chempionlar Ligasida qatorasiga ikkinchi marta chempionga aylantirdi. Finalda uning jamoasi “Yuventus”ni dog‘da qoldirdi.
Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.
Fikrlar