
Neymar, Kavani, Mbappe va Tovenlar Frantsiya chempionatida yil futbolchisi bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda
Frantsiya chempionati tashkilotchilari mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlik qilayotgan futbolchilar nomini e’lon qildi.
Ro‘yxatdan chempion – PSJning bir yo‘la 3 futbolchisi o‘rin egallagan. Bular Neymar, Edinson Kavani va Kilian Mbappelardir. Shuningdek, ularga bu borada “Marsel” yarim himoyachisi Florian Toven raqobat qiladi.
Eng yaxshi darvozabon bo‘lish uchun esa Stiv Mandanda (“Marsel”), Antoni Lopesh (“Lion”), Alfons Areola (PSJ) va Benjamen Lekomt (“Monpele”) kurash olib bormoqda.
G‘oliblar nomi esa 21 may kuni e’lon qilinadi va tantanali tarzda sovrinlar o‘z egalariga topshiriladi.
Fikrlar