Neymar EChL tarixidagi eng yaxshi braziliyalik to‘purarga aylanib oldi
PSJ klubi hujumchisi Neymar UEFA Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi braziliyalik to‘purarga aylanib oldi.
Kecha “Liverpul” darvozasiga kiritilgan gol uning uchun ushbu musobaqadagi 31-gol bo‘ldi. Neymar bu borada afsonaviy vatandoshi Kakani (30) ortda qoldirishga erishdi.
Ma’lumot uchun, Neymar joriy mavsum PSJ safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar