
Nigina Abduraimova uchun Mumbaydagi ertak yakunlandi
Musobaqaning juftlik bahsilarining chorak filan bosqichida hamyurtimiz Albina Xabibulina va rossiyalik Ekaterina Yashina tandemi yana bir tennischimiz Nigina Abduraimova hamda qirg‘izistonlik Kseniya Palkinani 7:6, 6:4 hisobida taslim qildi.
Hindistonning Navi Mumbay shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir qizg‘in pallaga kirdi.
Yakkalik bahslarida esa Nigina chorak final chiptasi uchun kechgan uchrashuvda gruziyalik Maryam Bolkvadzega har ikkala setda 1:6 hisobida taslim bo‘ldi.
Fikrlar