
Nike chempionlik munosabati bilan “shaharliklar” uchun libos tayyorladi
“Manchester Siti” klubi Angliya Premer-ligasi 35-turidan o‘rin olgan “Suonsi”ga qarshi bahsda “Nike” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan mahsus libosni taqdim etdi.
“Shaharlik” futbolchilar o‘yin oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda aynan ushbu liboslarda maydonga tushishdi.
Oq rangdagi formaning oldida chempionlik qo‘lga kiritilgan mavsumdagi libos ranglari (havorang va to‘q qizil) aks ettirilgan.
Bundan tashqari jamoa logopitining ust qismida 2017/18 yilgi chempion so‘zi tushirilgan.
Libosning orqa tomonida esa chempionlikni qo‘lga kiritishga katta hissa qo‘shgan asosiy tarkib futbolchilarining ism-shariflari aks ettirilgan.
Fikrlar