
Nima uchun "El-Klassiko"ning boshlanish vaqti o‘zgardi?
Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas nima sababdan 23 dekabr sanasida bo‘lib o‘tadigan "Real" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi bahsni ertaroq boshlanishiga izoh berib o‘tdi.
"Dunyoda Ispaniya La Ligasi ixlosmandlari juda ham ko‘p. Bu vaqt Singapur va Avstraliyada futbol ko‘rish uchun qulaydir. Faqat stadionga keladigan muxlislar emas, balki, televizor qarshisida o‘tiradigan muxlislarni ham o‘ylash lozim. Biz esa ular orasida muvozanatni saqlab borishimiz zarur.
Bizda xalqaro arenadagi muxlislar salmog‘i 30 % ni tashkil etadi. Bundan tashqari, so‘nggi uch yilda biz stadionga keladigan muxlislar sonini ham 2 mln dan oshira oldik", - deb aytib o‘tdi Tebas.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq, qishda o‘tadigan "El-Klassiko" Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da boshlanishi e`lon qilingan edi.
Fikrlar