Nima uchun “Real” va "Liverpul"ning minglab muxlislari EChL finaliga borishdan bosh tortmoqda yoxud Kievda vaziyat qanday?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kiev politsiyasi UEFA chempionlar ligasi final uchrashuvi oldidan xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. O‘yin 26 may kuni “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

“Kiev politsiya bugundan EChL finali oldidan kuchaytirilgan tartibda ish olib borishni boshladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari Ukraina poytaxti ko‘chalarida 10 ming nafardan ortiqni tashkil etishi kutilmoqda, – deya xabar beradi “NewsOne” (“NyuzVan”) telekanali.

Politsiyachilardan tashqari shaharda Ukraina Milliy gvardiyasi jangchilari, favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlari tinchlikni saqlashda o‘z hissalarini qo‘shishadi.

Final ishtirokchilari – Madridning “Real” va “Liverpul” jamoalari joylashgan mehmonxonalar UEFA xavfsizlik xizmati va Milliy politsiya otryadlari tomonidan qo‘riqlanadi. Joylardagi muxlislar hududlarida metall aniqlovchi uskunalar qo‘yiladi, ko‘chalarda qo‘shimcha video kuzatuv kameralari joylashtiriladi. Bu ayniqsa, “Olimpiyskiy” stadioni, markaziy Shevchenko Parki va “Ukraina” saroyi hududlarida ko‘paytiraladi.

Shahar aeroportlarida muxlislar o‘tishi uchun qo‘shimcha karidorlar ochiladi.

Ukraina hukumati Kievdagi EChL finaliga 50 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurishini taxmin qilmoqda. Britaniyaning Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Madridning “Real” klubi ikki mingga yaqin ishqibozi harajatlar narxlari oshirilgani va Kievga etib olishdagi muammolar sabab bu erga kelishdan bosh tortgan.

O‘z navbatida Kievga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar etarli darajada bo‘lmaganligi sabab etib kelish uchun 34 soatgacha vaqt sarflanishi mumkin.

Shuningdek, “Liverpul” muxlislari muntazam reyslarga chiptalarning yo‘qligi va charter samolyotlardagi yuqori narxlar kabi muammolarga duch kelmoqda. Bundan tashqari Kievdagi o‘yin vaqtida barcha narsalar singari mehmonxonalar narxlari 5-10 barobar ko‘tariladi. Bunda turistlar kuniga o‘rtcha 100 ming griven (3,8 ming dollar)dan ko‘proq to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Shaxsiy yashash joylardagi ijara bir necha ming dollargacha qimmatlashdi.

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixi

UEFA chempionlar ligasi 2017/18, Final

 

  26.05.2018

 

Real Madrid

Liverpul

   - : -
 

 Kiev, "Olimpiyskiy" stadioni

UEFA EChL 2014/15, "B" guruhi

 

  04.11.2014

 

Real Madrid

Liverpul

 

1:0 (1:0)

 

 Madrid, "Estadio Santiago Bernabéu"

UEFA EChL 2014/15, "B" guruhi

 

  22.10.2014

 

Liverpul

Real Madrid

 

0:3 (0:3)

 

 Liverpul, "Anfield"

UEFA EChL 2008/09, 1/8 final

 

  10.03.2009

 

Liverpul

Real Madrid

 

4:0 (2:0)

 

 Liverpul, Anfield

UEFA EChL 2008/09, 1/8 final

 

  25.02.2009

 

Real Madrid

Liverpul

 

0:1 (0:0)

 

 Madrid, Estadio Santiago Bernabéu

UEFA chempionlar kubogi 1980/81, Final

 

  27.05.1981

 

Liverpul

Real Madrid

 

1:0 (0:0)

 

 Frantsiya, Parij, Parc des Princes

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!