No‘’mon Hasanov: Hakamlar bizning darvozamizga ikkilanmay penalti belgilashyapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston kubogi 1/8 final doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Neftchi” uchrashuvidan keiyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida qo‘qonliklar ustozi No‘’mon Hasanov qatnashdi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati xabar bermoqda.

 "Uchrashuv juda qiziqarli bo‘ldi. “Neftchi” ham oxirgigacha kurashdi. Oldingi ikkita o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganimiz uchun bugun g‘alaba qozonishimiz shart edi. Bugun buning uddasidan chiqdik. Muxlislarimiz ham to‘g‘ri tushinishlarini istardim. Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Lekin har qanday holatda ham futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash lozim. Biz har doim ishqibozlarimizni xursand qilish uchun maydonga tushamiz. Muxlislar doim haq ,men ularni fikrlarini qadrlayman. Biroq unutmaylik bugun tarkibimizda o‘ynayotgan futbolchilarni Qo‘qon futbolini rivojlanishiga anchagina hissasi qo‘shildi.

Muxlislarimiz bizni har doim qo‘llab-quvvatlab turishsa, bizga ham osonroq bo‘lar edi. Futbolchilar va muxlislar bir oila bo‘lishlari kerak.

- Bugungi o‘yinga futbolchilarni ruhan qanday tayyorlay oldingiz ?

Ketma-ket ikkita mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarni bugungi bahsga tayyorlash oson bo‘lmadi. Iloji boricha harakat qildik. Muxlislar klubi a’zolari bilan futbolchilar uchrashgani ham yaxshi bo‘ldi.Men har qancha ko‘rsatma bermay , maydonga tushib o‘ynaydiganlar futbolchilardir. Shuning uchun ularni hamisha olqishlab turish darkor. Muxlislarimizdan iltimos futbolchilarni har doim qo‘llab turishsa nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.

Qolaversa hakamlarimizdan ham iltimosim bor. Ular ham o‘yindagi vaziyatlarga yanada e’tiborliroq bo‘lishsa. “Qizilqum” bilan bo‘lgan o‘yinni takror ko‘rib chiqqanimizda , yaqqol penalti bo‘lgan 2 vaziyatda hakam penalti bermaganini ko‘rdik. Bizning darvozamizga esa ikkilanmay penalti belgilashyapti", - deb aytib o‘tdi Hasanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!