No‘’mon Hasanov: Omad bizdan yuz o‘girdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pepsi Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida qo‘qonliklar ustozi No‘’mon Hasanov hamda jamoaning iqtidorli yosh o‘yinchisi Muhammadanas Hasanovlar qatnashishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

No‘’mon Hasanov: - Bugun juda ham murakkab o‘yin bo‘ldi. Avvalo mag‘lubiyatga uchraganimizga qaramay, bizni tinimsiz ravishda qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat aytaman. Bugun ko‘plab vaziyatlar sodir etdik. Lekin shu vaziyatlarni golga aylantirishda omad bizdan yuz o‘girdi. Keyingi uchrashuvlarda xatolarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda ishqibozlarimizni g‘alaba bilan xursand qilishga harakat qilamiz.

Muhammadanas Hasanov: - Bugungi bahsda g‘alaba qozonishni juda ham xohlagan edik. Afsuski, niyatimizga erisha olmadik. Raqib darvozasiga kiritgan golim jamoamiz g‘alaba qozonishiga etarli bo‘lmagani achinarli bo‘ldi. Muxlislarimizga bizni ajoyib tarzda olqishlab turishgani uchun rahmat aytaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!