
No‘’mon Hasanov: PFLning "oltin ochko" tizimi menga yoqmadi
Pepsi Superliganing 21 turi doirasidagi "Qo‘qon-1912"-"Paxtakor" uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismi o‘z yakuniga etdi. Unda "Qo‘qon-1912" ustozi No‘’mon Hasanov va Quvondiq Ro‘zievlar ishtirok etishdi.
- O‘yin ancha tomoshabop bo‘ldi. Yigitlarga g‘alaba uchun maydonga tushishimizni aytgandim. Biroq ochiq futbol uchun bizga futbolchi etishmadi. Xursand ham emasman, xafa ham. Javohir Siddiqovning olimpiya terma jamoasiga qo‘yib yuborish haqida gap ketganda ancha narsani ko‘rib chiqish mumkin. Javohir biz uchun muhim o‘yinchi edi. Uning yo‘qligi taktikani ancha o‘zgartirib yubordi. Men aslida uzun paslarni umuman yoqtirmayman. Bunda 90 foizga raqib himoyachilarining imkoniyati baland bo‘ladi. Futbolchi to‘pni ushlab turganda unda 5-6 ta variant bo‘lishi kerak. Futbol faqat yugurishdan iborat emas. Bunda miyani biroz ishlatish kerak. Ijaraga olingan o‘yinchining o‘z jamoasiga qarshi maydonga tushish tushmaslik masalasini assotsiatsiya ko‘rib chiqishi kerak. Bu amaliyot ko‘pchilik jamoalarga zarar keltiryapti. Hisobni tenglashtirgandan so‘ng hujumga o‘tish masalasiga kelsak, taktik zaxirani amalga oshirdik. Bu amaliyotni ikkita uchta qo‘lladik. To‘p kiritganingizdan so‘ng, kuchingizga kuch qo‘shiladi. Quvondiq Ro‘zievning shartnomasi bugun tugaydi. Ketmoqchi bo‘lgan futbolchini ushlab turmaymiz. Unga ham Rossiya chempionatidan taklif bor. Ko‘ramiz buyog‘i nima bo‘ladi. Futbolchilarimizga ko‘plab takliflar tushmoqda. Rahmat, jamoaga sadoqat bildirib, o‘ynab yurishibdi. Futbolchi nima, pulni yaxshi ko‘radi-da baribir (kulgu). Oltin ochkolar masalasida PFLning bu taklifi bizga biroz yoqmadi. O‘zi hammasi hal bo‘lib bo‘lgan. Menimcha har bir o‘ringa ma’lum imtiyozlar berilishi kerak edi. Masalan, birinchi o‘rindagi "Paxtakor" shu kungacha oz-muncha mehnat qildimi?!
Quvondiq Ro‘ziev:
- Bugungi o‘yin ancha qiziq bo‘ldi. Javohir Siddiqovning o‘rni juda bilindi.
Fikrlar