Norvegiyalik vunderkind "Real"ni tark etadi

19 yoshli futbolchi mavsum oldi yig‘inlarida to‘liq ishtirok etganiga qaramay, UEFA Superkubogi doirasida "Atletiko"ga qarshi bahs qaydnomasiga kiritilmadi.

Ilgariroq norvegiyalik yosh iqtidor egasiga "Valyadolid" klubidan qiziqish bo‘layotgani borasida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Edegor o‘tgan mavsum Gollandiyaning "Xerenven" klubi safida o‘tkazib, u erda 24 ta bellashuvda ishtirok etgan va 2 ta gol kiritib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!