Novak Jokovichning to‘xtash niyati yo‘q

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi serbiyalik tennischi Novak Jokovich "Australian Open" turnirining uchinchi davrasiga chiqdi.

Novak Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi davrasida frantsiyalik Jo-Vilfrid Tsongani 6:3, 7:5, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi musobaqaning navbatdagi bosqichida Jokovich kanadalik Denis Shapovalovga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!