Noyer "Liverpul"ga qarshi o‘ynay oladimi?
Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi bahsda ishtirok eta olishini aytdi.
“Menda hammasi joyida. Shifokorlarimiz mening qisqa muddat ichida sog‘ayishimda yordam berishdi. Agar mashg‘ulotlar ko‘ngildagidek o‘tsa, u holda “Liverpul”ga qarshi o‘ynayman”, - deydi Noyer.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli germaniyalik posbon barmog‘idan olgan eski jarohati tufayli so‘nggi 3ta o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, "Liverpul" - "Bavariya" uchrashuvi 19 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar