Noyer jarohat oldi
Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer "Bayer"ga qarshi bahsda jamoasiga yordam berolmaydi.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli germaniyalik posbon jamoa mashg‘ulotlarining birida qo‘lidan jarohat oldi. Biroq, uning jarohati u qadar jiddiy emas va tez orada safga qaytadi.
Ma’lumot uchun, Noyer joriy mavsum 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 11ta gol o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” hamda “Bayer” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 19:30da boshlanadi.
Fikrlar