
“Nyu-York Siti” David Vilyaning jamoani tark etishini tasdiqladi
“Nyu-York Siti” hujumchisi David Vilya yil oxirida jamoani tark etadi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra, uni uzaytirmaslikka qaror qilishgan. Shartnoma shu yilning 31 dekabriga qadar tuzilgan.
Vilya “Sporting” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va asosiy tarkibda 2000-2003 yillarda to‘p surgan. Keyin “Saragosa”ga o‘tgan. 2005 yilda “Valensiya”ga o‘tib, besh yil ushbu jamoa sharafini himoya qilgan. 2010 yilda esa “Barselona” uni xarid qiladi. Uch yildan so‘ng 2013/14 mavsumni “Atletiko”da o‘tkazib, okeanortiga yo‘l oladi.
2014 yili Vilya “Melburn Siti”da ijara asosida bir qancha o‘yinlarda to‘p suradi, keyin yana Amerika klubiga qaytadi.
Vilya faoliyatida uch marta Ispaniya chempioni, 1 marta EChL va bir martadan Ispaniya terma jamoasi bilan Evropa chempionati va jahon chempionatida zafar quchgan.
Fikrlar