
OChL-2018: "Lokomotiv" so‘nggi daqiqalarda g‘alabadan quruq qoldi va guruhdan chiqish imkoniyatini deyarli yo‘qotdi
Bugun OChL-2018 4-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Al Duxayl” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shuhrat Muhammadiev oshirib bergan to‘pni Sardor Rashidov kuchli bo‘lmagan zarba orqali qatarliklar darvozasiga joylab qo‘ydi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay darvozabondan qaytgan to‘pni Islom To‘xtaxo‘jaev 3 metrdan gol ura olmadi.
Ikkinchi bo‘limda tomonlar dastlabki taymga qaraganda, biroz ehtiyotkorroq o‘yin namoyish etishdi. O‘yinni asosiy vaqti o‘tib borayotganda Salim Mustafoev raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Penaltidan El Arabi samarali foydalandi. Qo‘shimcha daqiqalar o‘tib borayotganda yana o‘sha El Arabi qarshi hujumdan samarali foydalanib, jamoasiga g‘alaba olib keldi.
Shu tariqa, "temiryo‘lchilar" 4 o‘yindan so‘ng 3 ochko jamg‘arib, guruhdan chiqish imkoniyatlarini deyarli yo‘qotgan bo‘lishsa, qatarliklar pley-offga yo‘l olishdi.
OChL-2018. 4-tur
17:00. “Lokomotiv” – “Al Duxayl” 1:2
Gollar: Sardor Rashidov 35, El Arabi penalti 90+1, 90+4
“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 9.Ikrom Aliboev, 10.Marat Bikmaev, 15.Sardor Mirzaev, 20.Islom To‘xtaxo‘jaev, 22.Sanjar Shoahmedov (77.Diyor Turopov, 79), 27.Sardor Rashidov (6.Nivaldo, 66), 28.Shuhrat Muhammadiev (17.Salim Mustafoev, 88), 33.Oleg Zoteev.
Zaxira: 12.Ma’mur Ikromov, 8.Sherzodbek Karimov, 19.Husniddin G‘ofurov, 88.Igor Elich.
“Al Duxayl”: 40.Amine Klaudi, 2.Muhammad Mussa (22.Murad Naji, 67), 4.Lukas Mendes, 6.Dema Traore, 8.Luiz Martin (19.Al Moez Ali, 81), 9.El Arabi, 10.Nam Tae-Xi, 12.Karim Budiaf, 15.Bassim Hisham (7.Ismoil Muhammad, 46), 18.Sulton Albreyk, 28.Yussuf Msakni.
Zaxira: 33.Ahmad Ali, 14.Abdulloh Alahrak, 17.Abdulrahmon Muhammad, 36.Adel Bader.
Ogohlantirishlar: Muhammad Mussa 20, Kaxi Maxaradze 73
Fikrlar