
OChL. "Kambek" bo‘lmadi, "Lokomotiv" Qatarda "Al Duhail"ga imkoniyatni boy berdi
Bugun OChLda 3-tur o‘yinlari davom ettirildi. Toshkentning “Lokomotiv” klubi Qatarda mahalliy “Al Duhail” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Hozirgina nihoyasiga etgan mazkur qarama-qarshilikda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Dastavval 9-daqiqada Yusuf El Arabi hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tgach esa uning o‘zi hisobni 2:0 ko‘rinish olishini ta’minladi. 25-daqiqada esa Msakni ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi – 3:0.
Ikkinchi bo‘limda esa “Loko” ustozlari tarkibda qator o‘zgarishlarni amalga oshirishdi va bu o‘z samarasini berdi. 57-daqiqada zahiradan maydonga tushgan Nivaldo raqib bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va gol kiritib, hisobni qisqartirdi.
Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmasdan Marat Bikmaev o‘zining ajoyib zarbasi bilan hisobni qisqartirishga erishdi. Biroq “temiryo‘lchilar”ga “kambek” amalga oshirish nasib etmadi – 2:3.
OChL. 3-tur
20.00 "Al Duhail" (Qatar) - "Lokomotiv" (O‘zbekiston) 3:2 #Tugadi
Gollar: Yusuf El Arabi (9, 19), Msakni (25) - Nivaldo (57), Bikmaev (59).
"Al Duhail": 40. Amine Klaude, 2. Muhammad Musa, 4. Lukas Mendez, 8. Luis Martin, 9. Yusuf El Arabi, 10. Nam Tae Xi, 12. Karim Budiaf (15. Bassim Hisham 72), 18. Sulton Albrake, 19. Almoz Ali (7. Ismoil Muhammad 69), 22. Murad Naji Xusayn, 28. Yusuf Msakni.
Zahira: 33. Amhad Ali Xatimi, 6. Dame Traore, 14. Abdulloh Abdulsalam, 17. Abdulrahmon Mustafo, 36. Adel Bader Farhan Musa.
“Lokomotiv”: 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 7. Sadriddin Abdullaev (77. Diyorjon Turopov), 9. Ikrom Aliboev, 10. Marat Bikmaev, 15. Sardor Mirzaev (6. Nivaldo 56), 20. Islom To‘xto‘jav, 22. Sanjar Shoahmedov, 27. Sardor Rashidov (19. Husniddin G‘ofurov 81), 28. Shuhrat Muhammadiev, 33. Oleg Zoteev.
Zahira: 12. Mamur Ikramov, 4. Boburbek Yuldashev, 17. Salim Mustafoev, 88. Igor Elich.
Ogohlantirishlar: Al Brake (13), Bikmaev (41)
Fikrlar