OFK Kubogi–2017. Sherzod Qosimov Hindiston va Bangladesh klublari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqaradi

  • 7 aprel, 2017, 10:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

OFK Kubogi–2017 musobaqasi “E” guruhi 3-turidan o‘rin olgan “Bengaluru” (Hindiston) – “Abaxani Limited” (Bangladesh) uchrashuvini o‘zbekistonlik FIFA referisi Sherzod Qosimov boshqaradi.

Sherzod Qosimovga qanotlarda Alisher Usmonov va Timur Gaynullin  yordam beradi. Hakamlar ishiga gonkonglik Vong Chi Tang Charlton baho beradi. Uchrashuv komissari – Muhammad Sayfuddin bin Abu Bakr (Malayziya).

“Bengaluru” – “Abaxani Limited” uchrashuvi 18 aprel kuni Hindistonning Bangalor shahridagi Sree Kanteerava Stadium maydonida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!