
OFK Kubogi: Alisher Azizov jamoasi Tojikiston klubini mag‘lub etdi
Bugun OFK Kubogi saralashidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazilmoqda. Unda Qirg‘izistonning “Dordoy” klubi Tojikistonning “Xosilot”ni qabul qildi.
Xabaringiz bor, “Dordoy” safida hamyurtimiz Alisher Azizov faoliyat olib boradi. U ushbu bahsni asosiy tarkibda boshlagani to‘g‘risida xabar berib o‘tgandik.
Ayni paytda “Dordoy” – “Xosilot” o‘yini yakunlangan. Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan bellashuvda maydon egalari kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar