Og‘ir atletika. JChda debyut qilgan sportchimiz bronza medaliga ega bo‘ldi
Poytaxtimizda davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining to‘rtinchi kun bellashuvlari davom etmoqda. Biroz avval avval erkaklar o‘rtasida vazni 77 kg.gacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida dast ko‘tarish mashqi o‘z yakuniga etdi.
Ushbu musobaqada ishtirok etgan hamyurtimiz G‘ayrat Aytmurodov 146 kilogramm bilan uchinchi natijani qayd etdi. Eronlik Xussayn Sultonida ham shunday natija, lekin u bu og‘irlikni ilgariroq ko‘targani uchun yuqori o‘rin unga beriladi. Bu mashqdagi oltin medal esa latviyalik Ritvars Suxarevsga nasib etdi. Uning natijasi 156 kilogramm. Birozdan so‘ng siltab ko‘tarish mashqi boshlanadi. Ta’kidlash joiz, bu Aytmurodov uchun ilk xalqaro musobaqa.
Fikrlar