Oleg Tyulkin: Ketma-ket uch o‘yinda peshqadamlar bilan durang o‘ynadik
"Buxoro" - "Dinamo" uchrashuvidan keyin, "Dinamo" ustozi Oleg Tyulkin o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
- Bugun maydondagi bahs shiddatli va jiddiy kurashlar ostida o‘tishini bilardik. Futbolchilarimiz raqibning hujumlarini tartib bilan qaytarib, ayniqsa himoyada ancha yaxshi o‘yin namoyish etdik. Umuman olganda, “Buxoro”ning ayni damda 2-o‘rinda borayotganligini inobatga olsak, Buxorodan durang bilan qaytish yomon natija emas.
So‘nggi to‘rt uchrashuvning ketma-ket uch o‘yinida peshqadamlar “Paxtakor”, “Qo‘qon-1912”, endi “Buxoro” bilan tengma-teng o‘yin namoyish etib, 0:0 hisobidagi durang qayd etayapmiz. Yigitlarimiz o‘z kuchlariga ishonib, endi gollar ham urishimiz kerak. Chindanam, mavsum boshida peshqadamlik qilgan edik, ammo keyinchalik gohida omadimiz kelmadi, futbolchilarimiz jarohat olishdi, gohida zarur ochkolarni yo‘qotdik. Yakunda jadvalda pasayish kuzatildi. Endi vaziyatni yaxshilash kerak, - deydi Tyulkin.

Fikrlar