"Olmaliq"ning klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibi ma’lum

  • 15 iyul, 2017, 17:21
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

20-30 iyul kunlari Vetnamda futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Bu yil ham o‘tgan yilgidek mamlakatimiz nomidan amaldagi chempion "Olmaliq" ishtirok etadi. Bu haqda UFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Kecha olmaliqliklar a’zosi Andrey Shlema turnirni o‘tkazib yuborishi haqida xabar bergan edik. Quyida Aleksandr Petrov boshchiligidagi "Olmaliq"ning musobaqaga yo‘l oladigan tarkibini keltirib o‘tamiz.

"Olmaliq"ning klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati ishtirok etadigan tarkibi:

Darvozabonlar:

1. Klim Tyugaev

2. Ravshan Eliboev

O‘yinchilar:

3. Jamoliddin Sharipov

4. Konstantin Sviridov

5. Artur Yunusov

6. Farhod Abdumavlonov

7. Dilshod Rahmatov

8. Javlon Anorov

9. Dilshod Irsaliev

10. Shuhrat Tojiboev

11. Sarvar Shoahmedov

12. Ilhom Rajabov

13. Sunnat Kuralov

14. Sirojiddin Mahmudov

Eslatib o‘tamiz, "Olmaliq" musobaqaning "D" guruhida "Chonburi Blyuveyv" (Tailand) va "Bank Beyrut" (Livan) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!