“Oltin to‘p” sohibining o‘g‘li AQSh termasi uchun ilk golini urdi (Video)
Liberiya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi, 1995 yilgi “Oltin to‘p” sohibi va Liberiyaning amaldagi prezidenti Jorj Veaning o‘g‘li Timati Vea AQSh termasi uchun ilk golini urdi.
18 yoshli futbolchi PSJ klubi vakili sanaladi. Timati Boliviyaga qarshi (3:0) o‘rtoqlik o‘yinida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Kichik Vea ikkinchi marta AQSh termasi safida maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, Jorj Veaning yana bir o‘g‘li – kichik Jorj Vea ham futbolchi bo‘lib, ayni vaqtdi Shveytsariyaning quyi divizionida to‘p surmoqda.

Fikrlar