"Oltin to‘p"ning 5ta eng yaxshi egasi

  • 09.06.2018 16:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Oltin to‘p» mukofoti 1982-yilda birinchibortopshirilgan.U jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi.

Italiya hujumchisi Paolo Rossi bu mukofotni olgan birinchi futbolchi hisoblanadi. Undan so‘ng yana 8 futbolchi bu mukofotni qo‘lga kiritdi. Ammo hech qaysi futbolchi ikki marta mukofotga loyiq ko‘rilmagan.

Ko‘pincha mukofot jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lmagan futbolchilarga nasib qilgan. Albatta, Rossi, Maradona va Romario bundan mustasno. Ular mukofotni ham Jahon kubogini ham qo‘lga kiritishgan.

Urugvaylik hujumchi Forlan bu mukofotlarni qo‘lga kiritgan. U jamoadoshlari bilan jahon chempionatida 4-o‘rinni egallagani mukofotni qo‘lga kiritishga to‘sqinlik qilmagan. Aynan 2010-yildagi JAR da o‘tkazilgan o‘yinlarda Forlan «porlab» chiqqan edi.

Messi 2014-yilgi Oltin to‘pga Tomas Myuller va Djeyms Rodriges munosibroq ekanligini ta’kidlagan. Argentina yulduzi sanagan futbolchilar ichida Djeyms Rodriges hatto kuchli uchlikka ham kiritilmagan edi.

Mukofotga nomzodlarni FIFA texnik bo‘limi e’lon qiladi va OAV vakillari g‘oliblar uchun ovoz berishadi.

«Oltin to‘p»ning eng yaxshi 5 futbolchisiga to‘xtalib o‘tamiz.

Frantsiya terma jamoasining o‘yin uchun taktik chizmalarni muhokama qilish erta tongda bir necha daqiqalarni olar edi. Ammo bu safar soatlarga cho‘zildi. Zidan L’equipe nashriga shunday degan edi: “ Men Liliana Turama, Lorana Blana va [murabbiy] Eymi Jakening Ronaldu haqida gapirishayotganini ko‘rdim. Ular “Ronaldu man shu fintni ishlatsa, bunda qilamiz, yoki bunday” deyishayotgan edi.

Eng tajribali himoyachilar Braziliyaning o‘sha paytdagi eng yaxshi hujumchisini nazorat qilish qiyin ekanligini yaxshi bilishar edi.U aynan o‘sha mavsumda, “Inter” safida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, o‘zining eng yaxshi «forma» sida jahon chempionatiga ketayotgan edi.

U Frantsiyadagi musobaqada 4ta gol urdi va shuncha golli pas berdi. Uning kuchiga to‘g‘ri baho berishi, vaziyatlarni ijobiy tomonga hal qila olishi jamoani finalga etakladi. Chili va Gollandiya termalariga qarshi o‘yinda eng yorqin o‘yinini ko‘rsatdi.

Ammo taqdir Ronalduni o‘yinini ko‘rsatishga imkoniyat bermadi. U final oldidan sog‘ligida muammoni his qildi. O‘yin uchun asosiy tarkibga kiritildi, keyin chiqarildi. Yakunda baribir o‘yinni asosiy tarkibda o‘tkazgan Ronaldu o‘z soyasida qolib ketdi. Yakunda mezbonlar yirik 3-0 hisobida g‘alabani «ilib ketishdi».

4 yil o‘tgach, Ronaldo o‘z maqsadiga etdi. Finalda dublga erishgan Ronaldo Germaniya ustidan g‘alaba qozonishda jamoasiga yordam berdi Ammo og‘ir jarohat “mega yulduz”ning ancha vaqt porlashiga xalaqit qildi.

#4. Zinedin Zidan

2006 yilda Zinedin Zidan Marko Materatstsiga «kalla qo‘ygan» finalni hech kim esidan chiqarmagan bo‘lsa kerak. Germaniyada o‘tkazilgan musobaqada aynan shu o‘yin Zidanni butun dunyoga sharmanda qilishini ko‘pchilik kutgan edi.

Ammo bu harakatidan oldin Zidan jahon chempionatini ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan edi. O‘zining individual harakatlari bilan hammani o‘zini kuzatishga «majburlagan» edi.

Guruh o‘yinlaridan osonlikcha o‘tgan Fantsiya keyingi bosqichda faqatgina Zidanning harakatlari tufayli finalgacha yo‘l oldi.

Ispaniya va Braziliyaga qarshi o‘yinlardagi uning hatti-harakatlari barcha o‘yinchilarga «darslik» vazifasini o‘tashi aniq. Portugaliyaga qarshi o‘yinda ham penaltini tepishda hech qanday hayajonlanmadi. Buffonga ham penaltidan urgan goli esingizdami.U qanday buyuk darvozabon, o‘yin final ekanligini ham o‘ylab o‘tirmadi.

Finalda u musobaqadagi eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatib bosh sovrin o‘rniga qizil kartochkaga «munosib» ko‘rildi. Zizu ikkinchi bor Jahon kubogini boshi uzra ko‘tarishi mumkin edi.

#3 Romario

Ronaldogacha Braziliyada Romario bor edi. U 1994-yildagi saralash o‘yinlarida asosiy ishni bajargan. O‘sha paytda Dunga eng asosiy o‘yinchi sifatida e’tirof etilgan edi. U jamoa sardori sifatida Braziliyani o‘yinlarga boshlab chiqdi.

Roberto Badjo finaldagi penaltidan unumli foydalana olmagach bosh sovrin Braziliya nasib qildi.

Romarioga baquvvat futbolchilar bilan o‘ynash biroz og‘irlik qilar edi. Ammo u o‘zini ko‘rsata oldi. U Rossiya qarshi o‘yinda hisobni ochdi. Guruh o‘yinlarining barchasida gol urdi .

Gollandiyaga qarshi o‘yinda ham g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan hujumchi Shvetsiyaga qarshi o‘yinda ham o‘zini ko‘rsatdi.

Finalda ham hisob ochilmagach, penaltilar seriyasida Romario xotirjamlik bilan Italiya jamoasi darvozabonini ranjitdi.

#2 Paolo Rossi

«GoldenBall»ning ilk egasi ham eng yaxshilardan biri bo‘lgan. Paolo Rossi ancha qarama qarshilikka qaramay o‘yinlarda ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan

1980 yilgi musobaqani adolatsizlik tufayli o‘tkazib yubordi. “Yuventus” dagi ajoyib mavsum uchun 1981 yilda terma jamoaga taklif qilingan. Shunga qaramay Jahon chempionatigacha 2 bora maydonga tushadi.

Uning guruh bosqichidagi o‘yinlari muvaffaqiyatli chiqmadi. So‘nggi qarorlardagi xatolar, shiddatning etishmasligi futbolchiga o‘zini ko‘rsatishga xalaqit berdi. Shunga qaramay bosh murabbiy Entso Birzot uni qo‘lladi, imkoniyat berishga qaror qildi.

Argentina bilan o‘yindagi g‘alabada tema jamoaning himoya chizig‘idagi muvaffaqiyatli o‘yini sabab bo‘lgan bo‘lsa, turnir favoriti Braziliyaga qarshi o‘rinda Rossi o‘zini ko‘rsatdi. U xet-trikka erishdi.

Finalda Germaniya qarshi o‘yinda hisobni ochdi va jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Hujumchi uyiga qaytgach shunchaki unutildi.

Futbolchi «Oltin to‘p», “Oltin butsa”, Jahon kubogi sovriniga ega bo‘lgan kam sonli futbolchilardan biri.

#1 Maradona

1986-yilgi Meksikadagi musobaqada Maradona o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini o‘tkazdi.

“Napoli” hujumchisi terma jamoada Messi qila olmayotgan ishlarni bajarib qo‘ygan. Bu natijani hech qaysi argentinalik bajara olmayapdi.

O‘yinlar davomida futbol qiroli 5 ta gol urdi. O‘shancha marta golli pas berdi.

Angliyaga qarshi o‘yindagi Maradonaning harakatlari tarixda qoldi. Avvaliga qo‘l bilan gol uradi. Barcha bu golda unga «Xudo qo‘li» yordam berganini aytishadi. Ikkinchi golda esa Maradona markazdan boshlab barcha futbolchini aldab o‘tib gol uradi. Afsonaviy futbolchi aynan shu o‘yinda yulduzlikdan buyuklik darajaga etishdi.

Belgiyaga qarshi o‘yinda hal qiluvchi vazifani bajardi. U yana ikki bor muvaffaqiyat qozondi.

Finalda Germaniya qarshi o‘yinda ham u Argentinani g‘alabasiga o‘zining yorqin hissasini qo‘shdi. O‘shandan keyin Argentina terma jamoasi jahon chempionatlarida muvaffaqiyat qozongani yo‘q. Messi esa bu mukofotni doim orzu qiladi.

 

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!