Oqgulning Frantsiyadagi g‘alabalari davom etadi

  • 23 yanvar, 2017, 21:29
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
 
Frantsiyada tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Andrezieux-Boutheon-2017" xalqaro turnirining juftlik bellashuvlari hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova uchun omadli boshlandi.
Gruziyalik Ekaterina Gorgodze bilan hamkorlikda o‘ynayotgan tajribali tennischimiz musobaqaning birinchi bosqichida frantsiyalik Manon Arkanjioli va shveytsariyalik Amra Sadikovich jufligi bilan bellashdi.
Qizg‘in o‘tgan bellashuvda Oqgul va Ekaterina raqibalarini 6:3, 7:6 hisobida dog‘da qoldirdi va ikkinchi davrada rossiyalik Anna Kalinskaya va belaruslik Lidziya Marozava bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Oqgul yakkaliklar o‘rtasidagi saralash bahslarida amerikalik Bernarda Peraga 2:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadan chiqib ketdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!