“Ordabasi” osmonidagi “qora bulutlar” tarqadi

  • 28 may, 2018, 19:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Qozog‘iston Premer-ligasida 12-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Ivan Nagaev faoliyat olib boradigan “Ordabasi” klubi safarda “Qizil Jar” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

Mazkur o‘yinda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Shu tariqa, “Ordabasi”ning ketma-ket 3 o‘yinlik mag‘lubiyatlar seriyasi o‘z nihoyasiga etdi. Bundan tashqari, jamoa hafta o‘rtasida kubok bahslarida ham “Qayrat”ga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgan edi.

Hamyurtimiz kechagi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 76-daqiqada zaxiraga olindi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng “Ordabasi” jamg‘argan ochkolar soni 19 taga etdi va jamoa turnir jadvalida hamon 4-o‘rinda bormoqda.

Qozog‘iston Premer-ligasi. 12-tur

“Qizil Jar” – “Ordabasi” 1:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!