Osiyo Velosport Konfederatsiyasi Prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurdi

CHERY AUTO

Bugun mamlakatimizga O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi taklifiga binoan Osiyo Velosport Konfederatsiyasi (ASS) Prezidenti Osama Axmad Al Shafar tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar tarqatdi. Martabali mehmonni Toshkent Xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, qo‘mita vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov va O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi raisining o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jaevlar kutib olishdi. 

Tecno

Osama Axmad Al Shafar joriy yilning mart oyida Baxraynda o‘tkazilgan navbatdan tashqari kongressda mazkur lavozimga saylangandi. Poytaxtimizga uyushtirgan safari davomida Al Shafar O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy Olimpiya Qo‘mitasi va O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari qabulida bo‘ladi.

Mazkur uchrashuvlarda Respublikamizda velosiped sportining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro doiradagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Ta’kidlash lozimki, so‘nggi paytlarda O‘zbekiston velosiped sporti rahbariyati tomonidan sportning ushbu turini mamlakatimizda yanada rivojlantirish va yoshlar orasida ommaviylashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, o‘tgan haftada velosiped sporti Federatsiyasi taklifiga binoan poytaxtimizda jahon velosportining eng mashhur shaxslaridan biri, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Jamoliddin Abdujabborov mehmon bo‘lgandi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!