Osiyo kubogi-2019 da ishtirok etadigan 21 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Qur’a qachon?

  • 25 mart, 2018, 00:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, FIFA kunlari vaqtida Osiyo qit’asida 2019 yil BAAda o‘tadigan qit’a birinchiligi uchun saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.  Hozirga qadar turnirda ishtirok etadigan 24 jamoadan 21 tasining nomi ma’lum bo‘ldi.

Bular BAA (musobaqa mezboni), Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O‘zbekiston, Eran, Suriya, Iroq, Xitoy, Falastin, Ummmon, Hindiston, Livan, Turkmaniston, Iordaniya, Baxrayn, Vetnam i Qirg‘iziston.

Qolgan 3 yo‘llanma uchun esa  KXDR va Gonkong (V guruhi), Filippin, Tojikiston va Yaman (F guruhi) jamoalari kurash olib bormoqda.

Osiyo kubogi-2019 ning guruh bosqichi uchun 4 may kuni qur’a tashlanadi. Unda 12 aprel sanasida chiqqan FIFA reytingiga ko‘ra jamoalar savatlarga ajratiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!