
Osiyo kubogi. Raqibimiz Yaponiya termasi musobaqada etakchi futbolchilarisiz ishtirok etadi
Ektor Kuper boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqaning "F" guruhida Yaponiya, Turkmaniston va Ummon terma jamoalari bilan kurash olib boradi.
Yaponiya terma jamoasi ustozi Xajime Moriyasu esa BAAdagi musobaqada ishtirok etadigan 23 futbolchi nomini ma’lum qildi. E’tiborlisi, "Lester Siti" a’osi Shinji Okazaki, "Borussiya " Dortmund yarim himoyachisi Shinji Kagava va "Betis" futbolchisi Takashi Inuilar tarkibga kiritilmadi.
23 kishilik to‘liq ro‘yxat esa quyidagicha ko‘rinish olgan.
Darvozabonlar: Massaki Xigashiguchi ("Gamba Osaka"), Shuichi Gonda ("Sagan Tosu"), Daniel Shmidt ("Vegalta Senday");
Himoyachilar: Yuto Nagatomo ("Galatasaroy", Turkiya), Tomoaki Makino ("Urava Reds"), Maya Yoshida ("Sautgempton", Angliya), Sho Sasaki, ("Sanfrechche Xirosima"), Xiroki Sakai ("Marsel", Frantsiya), Sei Muroya ("Tokio"), Genta Miura ("Gamba Osaka"), Takexiro Tomiasu ("Sent-Truyden", Belgiya);
Yarim himoyachilar: Toshixiro Aoyama ("Sanfrechche Xirosima"), Genki Xiraguchi ("Gannover-96", Germaniya), Gaku Shibasaki ("Xetafe", Ispaniya), Vataru Endo ("Sent-Truyden", Belgiya), Junya Ito ("Kashiva Reysol"), Shoya Nakajima ("Portimonense", Portugaliya), Takumi Minamino ("Red Bull Zaltsburg", Avstriya), Xidemasha Morita ("Kavasaki Frontale"), Ritsu Doan ("Groningen", Gollandiya);
Hujumchilar: Yuya Osako ("Verder", Germaniya), Takuma Asano ("Gannover-96", Germaniya), Koya Kitagava ("Shimutsu C-Pals").
Fikrlar