O‘zbek bokschilari jahon chempionatlarida qanday natija qayd etgan?

  • 25.08.2017 17:26
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatiga hamm start berildi. Mazkur dunyo birinchiligida O‘zbekiston boks terma jamoasi to‘liq tarkib – 10 vazn toifasida ishtirok etmoqda.

Shu munosabat bilan bokschilarimizning jahon chempionatlarida qayd etgan natijalarini yodga olib o‘tamiz.

– Sportchilarimiz uchun mazkur musobaqa 13-si bo‘ladi.

–O‘zbekiston terma jamoasi ilk marta 1993 yili Finlyandiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etgan.

–  O‘zbekiston bokschilari bugungi kunga qadar dunyo birinchiliklarida jami 30 medal: 5 oltin, 10 kumush va 15 bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.

– Shu kunga qadar Muhammadqodir Abdullaev, O‘tkirbek Haydarov, Ruslan Chagaev va Abbos Atoev jahon chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishgan. O‘zbek bokschilari ichida Abbos Atoevgina ikki marta jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘lgan.

– 1999 yili Xyuston shahri mezbonlik qilgan dunyo birinchiligi bokschilarimiz uchun omadli kechgan. O‘shnada Muhammadqodir Abdullaev va O‘tkirbek Haydarov jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. To‘lqinboy Turg‘unov esa kumush medali bilan kifoyalangan.

– 2015 yili Doxa shahri mezbonlik qilgan so‘nggi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 medal – 3 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritgan. O‘shanda Murodjon Axmadaliev (56 kg), Fazliddin G‘oibnazarov (64 kg), Bektemir Meliqo‘ziev (75 kg) kumush va Elnur Abduraimov (60 kg), Elshod Rasulov (81 kg), Bahodir Jalolov (+91 kg) bronza medallari bilan taqdirlanishgan.

Shu vaqtga qadar terma jamoamiz qit’a va Olimpiya o‘yinlarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi, biroq jahon chempionatida biror marta bunday natija qayd etishmagan. Bu safargi chempionatda esa ana shunday natijani qayd etishini tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!