O‘zbekiston OTJning Slovakiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi qoldirildi, chunki...

  • 15 yanvar, 2019, 23:12
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO
Ayni damda Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolari bugun Slovakiya U-21 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi rejalashtirilgani haqida xabar berib o‘tgandik. Ammo Antaliya shahrida kuchli shamol esayotgani sababli mazkur o‘yin qoldirildi. Ikki terma jamoa rasmiylari bunday noqulay ob-havo sharoitida futbol o‘ynamaslikka qaror qilishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Endilikda Olimpiya terma jamoasi vakillari keyingi nazorat o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishadi. Mazkur yig‘in orqali murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilarni sinovdan o‘tkazib, jamoani shakllantirish ishlarini olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Yahyobek
16/01/2019 06:23
Омад