O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Taylandga jo‘nab ketdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Tailanddagi “M150 Cup-2017” xalqaro turnirida ishtirok etish uchun Bangkok shahriga uchib ketdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O‘zbekiston U-23 termasi 30 noyabr — 7 dekabr kunlari Toshkent temir yo‘llari muhandislari instituti stadionida o‘quv-mashg‘ulotlar olib bordi.  Bosh murabbiy Tailandga jami 23 nafar futbolchini olib ketdi. Quyida ular bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar: Dilshod Hamroev (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Paxtakor”), Rahimjon Davronov (“Mash’al”);

Himoyachilar: Doston Tursunov (“Neftchi”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”), Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Nodir Yo‘ldoshev (“Paxtakor”), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”);

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Azizjon G‘aniev (“Nasaf”), Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-192”), Jasurbek Yaxshiboev (“Paxtakor”), Doniyor Narzullaev (“Nasaf”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Xurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”), Suhrob Nurulloev (“Paxtakor”), Abdujamol Isroilov (“Neftchi”);

Hujumchilar: Azizbek Amanov (“Lokomotiv”), Zabihillo O‘rinboev (“Paxtakor”), Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”).

“M150 Cup-2017” xalqaro musobaqasi 9-15 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “B” guruhida Myanma va Vetnam terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

“A” guruhidan esa Tayland, KXDR va Yaponiyaning 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalari joy olishgan. Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!