O‘zbekiston chempionatida formalar uchun bir xil standart shrift joriy etiladi (FOTO)

  • 09.01.2019 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumdan e’tiboran O‘zbekiston Superligasi va Pro-ligasi “A” guruhi ishtirokchi jamoalari ham bir xil shriftdan foydalanishadi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi rasmiy sayti ma’lum qildi.

2018 yilgi mavsum uchrashuvlari davomida o‘yinni tomosha qilayotgan muxlislar jamoalar futbolchilari egnidagi libosda ularning familiyasi hamda raqami turli ko‘rinishda yozilgani sabab ba’zan o‘yinchilarni tanib olishda kichik muammolarga duch kelgan holatlari ham kuzatildi. Zero klublar formalarida aks etuvchi shrift har doim ham yaqqol ko‘zga tashlanadigan va o‘qilishi sodda bo‘lavermaydi.

Jahonning etakchi ligalari tajribalaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsumdan e’tiboran Superliga va Pro-liga “A” guruhi klublari forma uchun yagona standart shriftdan foydalanishlarini ma’lum qiladi.

Angliya, Frantsiya, Portugaliya, Ispaniya kabi etakchi mamlakatlar milliy chempionatlarida allaqachon ushbu tajribadan foydalanishadi. Angliya klublari uchun 1997 yilda yagona shrift ishlab chiqilgan bo‘lsa, Ispaniyada o‘tgan mavsumdan boshlab barcha klublar bir xil standart shriftdan foydalanib kelishmoqda.

Barcha klublar uchun standart shrift joriy etilishi yuqoridagi mamlakatlar futbol jamoatchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinadi. Zero hammaga birdek tushunarli va yaqqol ko‘zga tashlanuvchi shriftdan foydalanilsa, stadiondan o‘yinni kuzatayotgan muxlis ham, o‘yinni TV orqali tomosha qilayotgan ishqiboz ham maydonda to‘p surayotgan futbolchilarni hech qanday qiyinchiliksiz tanib olishi mumkin bo‘ladi. 

1547017990.jpg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
09/01/2019 15:39
Бошка муаммолар йук эканми?
Jamshidbek Cho'tiboyev
09/01/2019 14:00
Zo'r bo'ladi. Bir xillikka kelardida.