O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga etib bordi (FOTO)

  • 13.11.2018 09:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishi va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi haqida xabaringiz bor.

Bugun 13 noyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilarimiz Seul - Brisben yo‘nalishi bo‘ylab deyarli 10 soat davom etgan parvozdan so‘ng Avstraliyaga etib kelishdi.
 
Futbolchilar avvaldan belgilanganidek Gold Kostdagi "Hilton Surfers Paradise" mehmonxonasiga joylashishdi. Terma jamoa a’zolari mehmonxonada hordiq chiqarishganidan so‘ng bugun kechqurun "CBUS Super Stadium" o‘yingohida mashg‘ulot o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Livanga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tsa, 20 noyabr kuni futbolchilarimiz Janubiy Koreya bilan kuch sinashishadi.















Manbaa: O‘FA rasmiy sayti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!