O‘zbekistonlik hakam Rossiya - Braziliya uchrashuvini boshqaradigan bo‘ldi
Hamyurtimiz Baxtiyor Namozov BAAda bo‘lib o‘tayotgan Plyaj futboli bo‘yicha "Dubai Cup" Xalqaro musobaqasidan taklif olgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Namozov shu kungacha Braziliya - Ispaniya (5:2), Taiti - Eron (2:4), Misr - Ispaniya (7:6) uchrashuvini boshqardi.
O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Baxtiyor Namozov bugun musobaqaning yarim finalidan o‘rin olgan Rossiya - Braziliya uchrashuvida ishlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, "Dubai Cup" Xalqaro musobaqasida Braziliya, BAA, Misr, Eron, Rossiya, Taiti, AQSh, Ispaniya kabi terma jamoalar qatnashishmoqda.

Fikrlar