
O‘zbekistonlik hakamlar ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash o‘yinlariga tayinlanishdi
Xususan, Edita Mirobidova hamda Anna Sidorovalar boshchiligidagi hakamlar 19 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralashida ishlashmoqda.
Bugun Edita Mirobidova Iordaniya - Singapur uchrashuvini boshqaradi. Unga qanotda Zilola Rahmatova yordam beradi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Anna Sidorova va Kristina Sereda esa Gonkong - Livan o‘yinida ishlashadi.
Fikrlar