PFL "Sherdor"ning Kattaqo‘rg‘onda o‘ynashiga ruxsat berdi
Barchaga ma’lum joriy mavsum Pro-ligada Samarqandning ikki jamoasi - "A" guruhida "Dinamo", "B" guruhida esa "Sherdor" ishtirok etib kelmoqda. Ayni paytda "Dinamo" o‘z guruhida 30 ochko bilan 5-pog‘onada borayotgan bo‘lsa, "Sherdor" 42 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
"Sherdor" mutasaddilari ikkinchi davra o‘yinlarini Kattaqo‘rg‘on shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohida o‘tkazishga qaror qilishdi. PFL vakillari kelib, mazkur o‘yingohda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganib, jamoaning to‘p surishiga ruxsat berishdi.
Ikkinchi davradagi barcha uy uchrashuvlarini jamoa shu erda o‘tkazib kelmoqda. Dastlab Buxoroning "Fijduvon" (5:1) hamda Namanganning "Xotira-79" (8:2) jamoalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar mezbonlarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. "Sherdor" futbolchilari bugun - 22 sentyabr kuni Buxoroning "Labsa" jamoasini mazkur o‘yingohda qabul qiladi.
Fikrlar