PSJ EChLda hech kim qila olmagan ishni uddaladi
Frantsiyaning PSJ jamoasi EChL 4-turida Belgiyaning “Anderlext” klubiga qarshi kurash olib bordi va 5:0 hisobida zafar quchdi.
Unai Emeri shogirdlari Chempionlar Ligasining dastlabki 4 turida raqiblar darvozasiga 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va sermahsullik bo‘yicha rekordni yangiladi.
Bunga qadar rekord “Manchester Yunayted” klubiga tegishli edi. Mankunianlar 1998/99 yilgi mavsumda EChLning dastlabki 4 turida 16 ta gol urgandi.

Fikrlar