PSJ xavbeki yangi mavsumni "Lokomotiv" safida o‘tkazadigan bo‘ldi

  • 22 iyul, 2018, 17:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Gjegoj Krixovyak yangi mavsumni Moskvaning “Lokomotiv” klubida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Tecno

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda parijliklar sport direktori Antero Enrike ushbu masala yuzasidan so‘nggi ishlarni yakunlash arafasida turibdi. Unga ko‘ra “temiryo‘lchilar” 10 mln evro evaziga 28 yoshli polshalik futbolchini bir yilga ijaraga olishadi.

Ma’lumot uchun, PSJ Krixovyakni 2016 yil “Sevilya”dan 30 mln evro evaziga xarid qilgan edi. U o‘tgan mavsumni Angliyaning “Vest Bromvich” klubida ijara asosida o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!