PSJdagi braziliyalik futbolchilar soni yana ortishi mumkin

  • 03.08.2018 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning PSJ klubi forvardi Neymar jamoa rahbariyatidan ikkita tajribali xavbekni sotib olishni so‘ramoqda.

Xabarlarga qaraganda 26 yoshli braziliyalik futbolchi jamoada hamyurtlari - Kazemiro ("Real") hamda Filippe Koutinolarni ("Barselona") ko‘rmoqchi. Neymarning fikricha Janluiji Buffonning kelishi darvoza chizig‘ini kuchaytirgan bo‘lsa, tez orada"Bavariya"dan ko‘chib o‘tishi kutilayotgan Jerom Boateng bilan himoya mustahkamlanadi. Endi esa jamoa ideal holatga kelishi uchun tarkibga tajribali yarim himoyachilarni jalb etish lozim.

Ta’kidlash lozimki, “Barselona” Koutinoni joriy yilning yanvarida sotib olganini inobatga olsak uni qo‘yib yuborishi mumkin emas. O‘z navbatida “Real” ham Kazemiro uchun Ispaniya fuqaroligini olib berib, uni tarkibda saqlab qolmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!