Pakyao Lomachenkodan chempionlik kamarini tortib olmoqchi

  • 28.03.2018 11:46
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni Menni Pakyao o‘zining navbatdagi jangini 24 iyun kuni Malayziyada WBA Regular chempioni Lukas Matissega qarshi o‘tkazishidan xabaringiz bor.

Filippinlik bokschi bundan keyin yana bitta chempion bokschi bilan uchrashishni istayotganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, mazkur jangda ikkinchi yarim engil vazn toifasining WBO kamari sohibi ukrainalik Vasiliy Lomachenko bo‘lishi kutilmoqda.

Filippinlik bokschi rasman ukrainalik bokschi bilan uchrashishni xohlayotganini ma’lum qilgan. Bu bilan Pakyao chempionlik kamarlarini yana o‘ziga qaytarishni maqsad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!